IIV: Turistlar tomonidan joriy yil jinoyat sodir etilmagan

Jamiyat

image

Joriy yil O‘zbekistonga kelgan turistlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortuvchi xatti-harakat sodir etilmagan. Bu haqda IIV vakillari tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

“Joriy yil turistlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan. O‘tgan yili ham bo‘lmagan. Aynan turistlar tomonidan sodir etilmagan. Shuni to‘g‘ri talqin qilish kerak. “Turistlar” va “chet el fuqarolari” tushunchasida farq bor”, – deya ma’lum qildi Abdurashid Alisherov.

Shuningdek, IIV bosh boshqarma rahbari “turist” va “chet el fuqarosi” tushunchalarining farqiga to‘xtalib o‘tdi.

“Chet el fuqarolariga kimlar kiradi? Masalan, qo‘shma korxonalar yoki chet el korxonalari xodimlari, qurilishga jalb qilingan xorijliklar bor. Ular chet el fuqarolari deyiladi. Ular jinoyat sodir etishyapti va ularning statistikasi bizda mavjud. Lekin aynan turist tomonidan jinoyat sodir etish holatlari yo‘q”, – deya qo‘shimcha qildi u. 

Tadbirda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida ko‘plab mamlakatlarga qilingan tashriflar haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, IIV boshqa sohaviy xizmatlari vakillari bilan birgalikda Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Malayziya, Ispaniya, Gretsiya, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarga tashrif buyurishgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Turistlar

Baholaganlar

3

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing