Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiya kiritadimi?

Olam

image

Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish tarafdori emas, Anqara diplomatiya tarafida. Bu haqda Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez ma’lum qildi. 

“Prezidentimiz (Rajab Toyib Erdo‘g‘an) ham aytdi. Biz sanksiyalar kiritish (Rossiyaga qarshi) tarafdori bo‘lishni istamaymiz. Savdo munosabatlarimiz yaxshi. Biz masalani diplomatiya yo‘li bilan hal qilish tarafdori ekanimizni aytdik”, degan Donmez. 

Donmez, shuningdek, Anqara Rossiyaga qarshi sanksiyalar Rossiya gazining mamlakatga yetkazib berilishiga ta’sir qilmasligini kutayotganini aytgan. 

“Bu bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaymiz. Bunday suhbat bo‘lmadi. Biz tez-tez muloqot qilamiz. Turkiyada tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yo‘q”, degan vazir. 

Avvalroq, Erdo‘g‘an Ukrainani Turkiyaning do‘sti va qo‘shnisi deb atab, Anqara mintaqadagi agressiv qadamlarni qabul qilmasligini ta’kidlagandi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda “olovga benzin sepish” xato bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

491

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing