Turkiya Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish harakatiga tushdi

Olam 8076
image
-

Turkiya Qora dengizdagi Sakarya konidan tabiiy gaz qazib olish loyihasini amalga oshirishda muhim bosqichga kirishmoqda. Bu haqda “Yeni Safak” gazetasi xabar bergan.

Qayd etilishicha, ertaga, 10 iyun kuni 170 kilometrlik gaz quvurini 2 kilometrgacha chuqurlikda yotqizish ishlari boshlanadi, ishlarni besh oy ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Quvurlarni yotqizish "Kastoro-10" va "Kastrone" maxsus kemalari tomonidan amalga oshiriladi. 

“Birinchi kema o‘tgan hafta Qora dengizdagi gaz quvurini yotqizishni boshlash rejalashtirilgan Filhos portiga yetib keldi, ikkinchisi Sharqiy O‘rta yer dengizida qolmoqda va iyul oyida Turkiyaga yetib borishi kutilmoqda. Ishga jami 20 ga yaqin kema va 4 mingdan ortiq kishi jalb qilingan”, deb yozadi gazeta.

Rejalarga ko‘ra, Turkiya iste’molchilarga Sakarya konidan gaz yetkazib berishni 2023 yil yilning birinchi choragidan boshlaydi. Dastlabki bosqichda kondan kuniga qariyb 10 million kub metr gaz qazib olish rejalashtirilgan, yiliga esa 3,4-4 milliard kub metr. 2027-2028 yillarga borib kunlik gaz qazib olish hajmi 40 million kub metrni tashkil qilishi kerak, yillik hajmlar 15 milliardga yetishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya hukumati 2020 yilda Qora dengizda 540 milliard kubometr zaxiraga ega gaz koni topilgani haqida e’lon qildi. Sakaryaning eng yirik konining zaxiralari 400 milliard kub metrdan oshadi. Shu sababli Turkiya konni o‘zlashtirish uchun taxminan 10 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 319
Reyting: 3
t
×