Turkiya Ramazon oyida G‘azoga 3300 tonna gumanitar yordam jo‘natdi

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Turkiya Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan G‘azo sektori uchun tayyorlangan navbatdagi “Yaxshilik kemasi” Misrning El-Arish portiga yetib bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kema Turkiyaning Mersin portidan yo‘lga chiqqan va bortida qariyb 3300 tonna yuk mavjud. Gumanitar yordam tarkibida 175 ming dona oziq-ovqat paketi, shuningdek, gigiyena vositalari, kiyim-kechak, boshpana va turar joy anjomlari, ichimlik suvi hamda boshqa zarur mahsulotlar bor.

Yuklarning katta qismi Kalyon jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Falastin uchun nafas oling” xayriya kampaniyasi doirasida to‘plangan.

El-Arish portiga tushirilgan yordam Misr Qizil Yarim Oy jamiyati bilan hamkorlikda Rafah chegara o‘tish punkti orqali G‘azo sektoriga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston hukumati va xalqidan G‘azodagi muhtoj aholiga gumanitar yordam partiyasi yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Misr G'azo Qizil Yarim Oy jamiyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing