Turkiya pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi
Sport
−
20 iyun 6303 1 daqiqa
Bugun, 20 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “D” guruhidan o‘rin olgan Turkiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda Turkiya 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va rasman pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
AQSHning Santa-Klara shahridagi “Levays” stadionida kechgan bahsni salvadorlik hakam Ivan Barton boshqarib bordi.
Uchrashuvdagi yagona gol 2-daqiqada yarim himoyachi Matias Galarsa tomonidan kiritildi. Birinchi bo‘lim yakuniga yetmay turib, Paragvay hujumchisi Migel Almiron maydondan chetlatildi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi og‘zini qo‘li bilan yopgan holda hakamga bir necha so‘z aytgan va bu harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan.
Ma’lumot uchun, birinchi turda Turkiya Avstraliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi, Paragvay esa AQSHga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. shu tariqa Turkiya 3-tur oldidan guruhda 4-o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi.
Live
Barchasi