Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)

Olam

image

Turkiya parlamenti – Buyuk Millat Majlisida o‘tkazilgan yig‘ilishda deputatlar mushtlashdi. Bu haqda “Hürriyet” xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, mamlakat parlamenti raisi o‘rinbosari Bekir Bozdag raisligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan. Majlis chog‘ida janjal kelib chiqqan va deputatlar o‘zaro tortishgan. Parlamentdagi majlis uch marta to‘xtatilgan.

Mushtlashuvga Turkiya ishchilar partiyasi deputatining iqtidordagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakillariga nisbatan haqoratli so‘zlari sabab bo‘lgan. 3 ta deputat tan jarohati olgan. Ushbu majlis 2023 yilda deputatlik mandatini yo‘qotgan va qamoqqa olingan Jan Atalay masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan.

Navbatdan tashqari yig‘ilishga raislik qilgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi o‘rinbosari Bekir Bozdag so‘zni Ahmet Shikka bergan. Minbarga chiqqan parlament a’zosi Shik hukmron partiya deputatlariga qarata “Sizda zarracha uyat yo‘q, qadringiz yo‘q”, degan va ularni so‘kkan.

Shundan so‘ng “Adolat va taraqqiyot” partiyasi a’zolari minbarga chiqib, uni itarib yuborgan va mushtlashuv kelib chiqqan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda jarohat olgan deputatlarning yerga tomgan qonini ko‘rish mumkin. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi a’zosi Abdullah Guler Shikka “Ovozingni yop” deb qichqirgan. Shik o‘ziga berilgan reaksiyalarga “Sen ovozingni yop, haromi” deb javob bergan.

Janjal “Adolat va taraqqiyot” partiyasining Izmirdagi deputati Alpay O‘zalan Shikka musht tushirishi bilan avj olgan, bu parlamentda deputatlar o‘rtasida keng mushtlashuvga olib kelgan.

BBC'ning yozishicha, mushtlashuvda DEM partiyasi a’zosi Guliston Qilich Ko‘chyigit jiddiy yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston hamda Gruziya parlamentida ham deputatlar mushtlashib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya parlamenti Bekir Bozdag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar