Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi

Olam

image

Turkiyaning eng yirik muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (JXP) yetakchisi 50 yoshli O‘zg‘ur O‘zel muxolifat tomonidan navbatdan tashqari saylovda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Istanbulning sobiq hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi JXP har hafta oxiri turli shaharlarda namoyishlar uyushtirishda davom etishini aytdi. Bu haqda u kecha, 6 aprel kuni partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida so‘z ochdi.

“Reuters”ning aniqlik kiritishicha, JXP har chorshanba oqshomida ham Istanbulning turli hududlarida mitinglar o‘tkazadi.

JXPning navbatdan tashqari s’ezdi partiyaning 2023 yilgi qurultoy paytidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha prokuratura tekshiruvi paytida hokimiyat ishonchli shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilganidan keyin chaqirildi.

Imomo‘g‘li hibsga olinganidan keyin bir hafta ichida partiya har kuni kechqurun Istanbul munitsipaliteti binosi oldida katta mitinglar o‘tkazdi va o‘tgan hafta oxirida shahar tumanlaridan birida katta namoyish o‘tkazdi. 

O‘zel esa yana partiya raisi etib saylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi 1276 delegat ovozidan 1171 tasini olgan. JXP rahbari, shuningdek, Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish taklifini takrorladi – joriy yilning “noyabridan kechiktirmay”.

Shuningdek, JPX Imomo‘g‘li uchun ozodlik va erta saylovlar o‘tkazish talabi bilan ramziy imzo kampaniyasini boshladi.

Imomo‘g‘lining hibsga olinishi 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Ekrem Imomo‘g‘li 19 mart kuni korrupsiya va jinoiy tashkilotga rahbarlik qilishda gumonlanib hibsga olingan edi.

Turkiyaning davlatga qarashli “Anadolu” agentligining xabar berishicha, siyosatchi terrorchilikda ayblanib, tergov qilinmoqda. Xususan, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

23 mart kuni ertalab Imomo‘g‘li sud qarori bilan hibsga olingan. Shu kuni JXP Imomo‘g‘lini Turkiya prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdi.

Imomo‘g‘lining ayblovi Turkiyada 2013 yildan beri eng katta norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 ga yaqin odam qo‘lga olingan. Ularning 300 ga yaqini sudgacha hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ekrem Imomo'g'li O'zg'ur O'zel Jumhuriyat Xalq partiyasi JXP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing