Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar Qirg‘izistonga keldi. Japarov Tojikistonda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Qirg‘izistonga keldi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov esa ayni vaqtda Tojikistonda bo‘lib turibdi.

Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida turkiyalik vazirni Qirg‘iziston Mudofaa vazirining o‘rinbosari Oqilbek Ibrayev, Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Ahmet Sadiq Dog‘an va boshqalar kutib oldi. 

Министр обороны Тuрции проводит встречи в Бишкеке

Tashrif doirasida Hulusi Akar Turkiyaning Bishkekdagi elchixonasida bo‘lib, u yerda Turkiya va Qirg‘iziston barcha sohalarda, jumladan, siyosat, madaniyat, iqtisodiyot va mudofaa sohalarida strategik aloqalarni rivojlantirayotganini ta’kidlagan. Vazir Turkiyaning Qirg‘izistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatidan mamnunligini bildirgan.

Tashrif doirasida Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyev bilan uchrashuv rejalashtirilgan bo‘lib, unda ikki mamlakat mudofaasi va harbiy-texnik hamkorlik holati hamda istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, harbiy delegatsiya “Ata-Beyit” tarixiy-memorial majmuasi va Chingiz Aytmatovning uy-muzeyiga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston tomoni Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istayotgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Turkiya Respublikasi Parlamenti raisi Mustafo Shentop bilan uchrashuvda so‘z ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing