Turkiya Markaziy bank boshqaruviga ilk bor ayol rahbar tayinlandi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 44 yoshli Hafiza Gaye Erkanni mamlakat markaziy banki rahbari etib tayinladi. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ladi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Turkiya Markaziy banki rahbari sifatida u hozirda Turkiya bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasini boshqaradigan Shahap Kavjio‘g‘lining o‘rnini egallaydi.

“Financial Times” nashriga ko‘ra, Erkanning tayinlanishi Erdo‘g‘anning inflyatsiyani sekinlashtirish va mamlakatni tark etgan xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida asosiy stavkani sezilarli darajada oshirish istagidan darak beradi.

Ma’lumot uchun, Erkan AQSHning Prinston universitetini moliya muhandisligi yo‘nalishida tamomlab, Garvard va Stenford universitetlarida qo‘shimcha moliyaviy sohalar bo‘yicha ta’lim olgan. Amerikaning First Republis Bank va Goldman Sachsbanklarida (u ketganidan bir yil o‘tib bank bankrot bo‘lgan) yuqori lavozimlarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing