Turkiya kemasi dengizda cho‘kib ketdi

Olam

image

Bortida 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Turkiyaning “Kafkametler” yuk tashuvchi kemasi Turkiya shimolidagi Zonguldak viloyati qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Eregli porti yaqinidagi suv oqimida cho‘kib ketdi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Turkiya bayrog‘i ostida Izmirga yo‘l olgan “Kafkametler” yuk tashuvchi kemasi suv oqimiga urilib, cho‘kib keta boshlagan.

“Turkiya fuqarolari bo‘lgan 12 nafar ekipaj a’zosi bilan aloqa hali o‘rnatilmadi. Sohil xavfsizligi, dengiz floti, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa idoralar kutish holatida. Ob-havo yaxshilanishi bilanoq qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanadi”, deydi u.

Turkiya Transport vazirligining Dengiz ishlari departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, portga yaqinlashayotganda “Kafkametler” kapitani kema suv oqimi tomon suzib borayotgani haqida signal bergan. Kema bilan aloqa, jumladan vizual aloqa o‘rnatib bo‘lmagan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishning ham iloji yo‘q. Yuk kemasi Krasnodar o‘lkasi (Rossiya)dagi Temryuk portidan Turkiyaning Izmirdagi Aliaga portiga suzib ketayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing