Turkiya Qora dengizda kemalar qatnovini chekladi – “Bloomberg“

Olam

image

Turkiya hukumati Qora dengizda tijoriy kemalar harakatini chekladi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya Sohil xavfsizligi bosh boshqarmasi Novorossiysk tomon yo‘l olgan bir nechta kemaga hozircha ushbu yo‘nalish bo‘yicha tranzit ruxsatnomalari berilmayotganini bildirgan. Shuningdek, Dardanell bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun beriladigan arizalarni ko‘rib chiqish muddati ham uzaytirilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Rossiya va Ukrainani Qora dengizdagi keskinlikni kamaytirishga chaqirgan.

Shuningdek, shu hafta Qora dengizda faoliyat yurituvchi kamida 4 ta yuk tashish kompaniyasi harbiy xavf uchun qo‘shimcha to‘lov joriy qilgan.

Bozor ishtirokchilari yuklarning bir qismi Gruziya, Ozarbayjon va Eron orqali o‘tuvchi quruqlik yo‘nalishlariga yo‘naltirilishi mumkinligini kutmoqda.

Biroq “Kommersant” manbasiga ko‘ra, Novorossiysk asosan Qora dengiz va O‘rta yer dengizi mintaqalaridagi mahalliy bozorlarga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu bozorlarda Xitoyga nisbatan yirik muqobil yo‘nalishlar kam. Shu sababli yuklarning katta qismi boshqa yo‘nalishlarga ko‘chirilishi kutilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qora dengizda Rossiyaning Novorossiysk portiga yo‘l olgan Turkiyaning yuk kemasiga hujum uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing