Turkiya qirg‘oqlari yaqinidan 84 nafar noqonuniy muhojir qutqarib olindi

Olam

image

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumani qirg‘oqlari yaqinidagi Egey dengizidan jami 84 nafar noqonuniy muhojir qutqarib olindi. Bu haqda Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, “Central Asia” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, rezina qayiqda bo‘lgan afg‘onistonlik muhojirlar Gretsiya tomonidan Turkiya hududiy suvlariga chiqarib yuborilgan.

Joriy yilning 1 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:50 da Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Ayvajik mintaqasida bortida ko‘plab qochqinlar bo‘lgan qayiq borligi haqida xabar kelib tushgan. Tegishli ma’lumotlar olinganidan so‘ng Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining TCSG-6 kateri voqea joyiga jo‘natilgan hamda operatsiya natijasida 37 kishi qutqarib qolingan.

Ikkinchi xabar shu kuni mahalliy vaqt bilan 12:24 da kelib tushgan. Bu safar Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 47 nafar noqonuniy muhojirni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng barcha 84 nafar noqonuniy migrant mahalliy migratsiya boshqarmasiga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya muhojir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing