Turkiya Isroilga 54 turdagi tovarlarni eksport qilishni to‘xtatdi
Olam
−
09 aprel
5865Turkiya Sanoat va savdo vazirligi G‘azo sektorida harbiy harakatlar to‘xtatilib, anklav aholisining gumanitar yordamdan foydalanishini ta’minlagunga qadar Isroilga 54 toifadagi tovarlar eksportiga cheklovlar joriy qildi. Eksport cheklovlari bugun, 9 aprel kunidan kuchga kirdi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.
Cheklovlar turli po‘lat va alyuminiy mahsulotlari, elektr kabellari, bo‘yoqlar, laklar, aviatsiya yoqilg‘isi, moylar, ayrim turdagi o‘g‘itlar va sanoat uskunalari eksportiga taalluqlidir. Ro‘yxatga metall buyumlar, optik tolali kabellar, qurilish materiallari ham kiritilgan.
Belgilangan cheklovlar G‘azo sektorida o‘t ochish to‘xtagunga qadar amal qiladi. Vazirlikning bildirishicha, Isroilning anklavdagi harakatlari bilan bog‘liq holda BMTning uchta rezolyutsiyasi va Xalqaro sudning bir qarori qabul qilingan, ular majburiydir.
Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats esa Turkiyani yahudiy davlati bilan savdo kelishuvlarini buzayotganlikda, mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni esa HAMAS harakati uchun iqtisodiy manfaatlarni qurbon qilishda aybladi.
Isroil Tashqi ishlar vaziri “Turkiyaga sarmoya kiritishni to‘xtatish” va “Turkiyadan mahsulot olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik” masalalari bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bir qator tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatishga ko‘rsatma berganini ma’lum qildi va Amerika Kongressidagi “do‘stlari”dan Isroilni boykot qilish bo‘yicha qonunlarning buzilishini o‘rganish va Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni so‘radi.
LiveBarchasi