Turkiya Iroq shimolida yangi harbiy operatsiya boshladi

Olam

image

Turkiya Qurolli kuchlari bugun, 15 iyun kuni Iroq shimolida joylashib olgan Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik guruhiga qarshi Pence-Kartal (Burgut panjasi) harbiy operatsiyasini boshladi. Bu haqda TRT xabar berdi.

“Burgut panjasi” amaliyoti boshlandi. Samolyotlarimiz g‘orlarni terrorchilarning ustiga qulatmoqda”, deb ma’lum qilgan Turkiya Mudofaa vazirligi Twitter sahifasida.

“Reuters” agentligi turk harbiy samolyotlari kurdlarning Iroq shimolidagi nuqtalariga zarba berganini ma’lum qildi.

“Anadolu” agentligi Iroqning Sinjara, Kandil, Karachak, Zap, Avasin-Basyan va Hakur tumanaridagi terrorchilarga zarba berilganini bildirdi.

Turkiya Mudofaa vazirligi “Burgut panjasi” operatsiyasi xalqaro normalarda belgilangan tartibda o‘zini himoya qilish maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yil iyulda Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi bilan qurolli to‘qnashuvlar avj olgandan keyin kurd jangarilari qo‘lidan mingga yaqin politsiyachi va harbiy hamda 500 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan. Shu bilan birga, ushbu davr ichida turk harbiylari kurdlarning 10 mingdan ko‘proq a’zosini yo‘q qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya harbiy operatsiya

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing