Turkiya Ilon Maskning yordam taklifini rad etdi
Olam
−
06 fevral 2023
27295Turkiya hukumati so‘nggi o‘n yillik ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilziladan so‘ng Ilon Maskning mamlakatga sun’iy yo‘ldosh interneti xizmatini yuborish taklifini rad etdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, milliarder Ilon Mask o‘z Twitter sahifasida kompaniyalaridan biri SpaceX Turkiya hukumati tomonidan ma’qullanishi bilanoq Starlink tarmog‘ini taqdim etishi mumkinligini aytgan.
Biroq Turkiyaning yuqori martabali amaldorlaridan biri hukumat bunday taklif uchun minnatdorligi, ammo mamlakatda sun’iy yo‘ldosh aloqasini ta’minlash uchun yetarlicha jihozlar mavjudligini ma’lum qilgan.
Starlink tarmog‘i yordamida mamlakatga 260 kg og‘irlikdagi ko‘p sonli qurilmalarni joylashtirish orqali internetga kirishni ta’minlash mo‘ljallangan edi.
SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, u 5G standartiga mos keladigan sekundiga 1 gigabit tezlikda keng polosali internetga ulanishni ta’minlay oladi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi