Turkiya ichki reyslarni bekor qilishi mumkin
Olam
−
28 Oktabr 2020
5079Turkiyada noyabr va dekabr oylarida koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi mumkin. Xususan, ichki reyslarni bekor qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda "Daily Hürriyet" xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarab yangi cheklovlar kiritilishi yoki ba’zi cheklovlar bekor qilinishi mumkin.
Koronavirus tarqalishini oldini olish vositasi sifatida shaharlararo qatnovlar uchun cheklov qayta kiritilishi mumkinligi aytilgan. Rasmiylar shu masala ustida bosh qotirishni boshlagan.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning yirik hududlarida shu hafta oxirida komendantlik soati joriy etilishi mumkin. Ammo bu darhol ro‘y bermasligi ma’lum qilingan.
Birinchilardan bo‘lib Istanbul va Marmar dengizi sohiliga tutash boshqa yirik viloyatlarda karantin cheklovlari kuchaytirilishi mumkin.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko‘ja esa og‘ir holatdagi bemorlar va koronavirus yuqtirib olayotganlar soni ko‘payishda davom etishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyada koronavirus yuqtirganlar 366 mingdan oshgan. 9 ming 950 kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 43 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi