Turkiya Gretsiyani tarixni buzib ko‘rsatishda aybladi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Gretsiyani tarixni buzib ko‘rsatishda aybladi. Bunga joriy yilning 14 sentyabr kuni Gretsiyada o‘tkazilgan “Kichik Osiyo yunonlarining genotsidi xotirasi kuni” tadbirlari sabab bo‘ldi. Bu haqda “Daily Sabah” xabar berdi.

“Gretsiya Anadoluni bosib olish va egallashga uringan davrga oid asossiz da’volarning xayoliy “yubileyi” bahonasida grek rasmiylari tomonidan bildirilgan asossiz va g‘azablantiruvchi bayonotlarni rad etamiz,” deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shuningdek, vazirlik Gretsiya rasmiylarini ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilishda ayblagan.

“Bunday so‘zlar tarixiy haqiqatlarga zid bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qiladi,” deydi vazirlik.

TIV, shuningdek, Gretsiyani “ichki siyosiy manfaatlar”dan tiyilishga va “ikki millat o‘rtasida adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan tashabbuslardan” voz kechishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Gretsiya 14 sentyabrni “Kichik Osiyo yunonlarining genotsidi xotirasi kuni” sifatida nishonlaydi. Bu esa Turkiya tomonidan qat’iyan rad etiladi. 1933 yil 14 sentyabr kuni yangi tashkil topgan Turkiya Respublikasi va Gretsiya do‘stlik shartnomasini imzolagan va aloqalarni tiklashga harakat qilgan, biroq keyingi o‘n yilliklarda munosabatlar yomonlashgan. Gretsiya tomonining bildirishicha, Usmoniylar davrida “rum” deb atalgan etnik yunonlar ta’qib va genotsidga duchor bo‘lgan, bu esa “armanlar genotsidi” haqidagi da’volarga o‘xshash hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Gretsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing