Turkiya fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollarni deportatsiya qildi
3-sahifa
−
30 may 8221 1 daqiqa
Fohishalikka majburlangan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda “Turk haber” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiyaning Ig‘dir viloyatida Bosh prokuratura tergovi doirasida viloyat Politsiya boshqarmasining qochoqlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi 3 oy davom etgan surishtiruv natijasida odam savdosi, fohishalik va giyohvand moddalarga oid jinoyatlarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazgan.
Operatsiya davomida chet ellik ayollar Ig‘dirdagi ko‘ngilochar muassasalarda ishlashga majburlangani, zo‘rlab fohishalikka jalb qilingani hamda mamlakatda qolish muddati tugagan chet elliklarga soxta hujjatlar tayyorlab berilgani aniqlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar joriy yilning 24 may kuni 9 ta ko‘ngilochar muassasada reyd uyushtirgan. Operatsiya oldidan ma’lumotni oshkor qilgan shaxs bilan birga 12 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Operatsiya davomida 3 nafar gumonlanuvchi ozod etilgan. Qolgan 9 kishining ishi sudga oshirilib, qamoqqa olingan.
Shuningdek, operatsiya davomida fohishalikka majburlangani aniqlangan 25 nafar Ozarbayjon, 78 nafar Eron, 1 nafar Qirg‘iziston va 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi – jami 107 nafar ayol deportatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchixonasi Hindistonga aldov yo‘li bilan olib kelingan va odam savdosi qurboniga aylanish xavfi ostida qolgan O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr