Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish taklifini ma’qulladi

Olam

image

Turkiya parlamenti Bosh assambleyasi Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi. Turkiya Finlyandiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullagan oxirgi davlat bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

“Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun – 276 ovoz, taklif qabul qilindi. Finlyandiya va uning fuqarolarini tabriklayman”, dedi parlament vitse-spikeri Haydar Akar.

Finlyandiya parlamenti 1 mart kuni mamlakatning alyansga kirishini ma’qullagan, Shvetsiya parlamenti 22 mart kuni shunday qaror qabul qilgan. 27 mart kuni Vengriya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilgan. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATOning boshqa davlatlari joriy yilning 11 iyulida Litva poytaxti Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ikki shimoliy mamlakatning alyansga a’zo bo‘lishiga umid qilmoqda. Biroq Shvetsiya tomonining arizalari hozircha na Vengriya, na Turkiya tomonidan tasdiqlanmagan.

Tartibga ko‘ra, ratifikatsiya jarayonini tugatgandan so‘ng, Turkiya ham, Vengriya ham o‘zlarining tasdiqlovchi hujjatlarini alyans ta’sis shartnomasi bo‘yicha NATOning depozitariysi bo‘lgan Vashingtondagi AQSH hukumatiga yuborishlari kerak. Shundan so‘ng Stoltenberg Finlyandiyani NATOga a’zo bo‘lishga rasman taklif qiladi.

Finlyandiya hukumatiga ko‘ra, yakuniy qadam sifatida Finlyandiya o‘zining tashqi ishlar vaziri tomonidan imzolangan “Qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat”ni AQSH hukumatiga topshiradi. Finlyandiyaning qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjati AQSH Davlat departamentiga yetib borgach, Skandinaviya mamlakati rasman NATO a’zosiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq shved siyosatchilarining Vengriya ichki ishlariga aralashuvidan xavotir va bu alyansda ikki davlat o‘rtasida kelajakdagi hamkorlikni murakkablashtirishi vaji bilan Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qullamagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Turkiya Shvetsiya Vengriya Finlyandiya Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing