Mirziyoyev Erdo‘g‘an sovg‘a qilgan birinchi turk elektromobilini haydab ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 aprel kuni Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv kun tartibidan amaliy hamkorlikni kengaytirish, kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish masalalari hamda O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning boshqa jihatlari o‘rin oldi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning topshirig‘iga binoan O‘zbekistonga kelgan delegatsiya tashrifining maqsadi Togg brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi milliy elektromobilni namoyish etish va topshirish bo‘ldi.

Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlikda bugungi jadal sur’atni, barcha darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bunga misol tariqasida tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani, ustuvor tarmoqlarda bir qator yirik investitsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilayotgani, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar ko‘paygani ta’kidlandi.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalarini qo‘shma, shu jumladan, avtomobil sanoatidagi loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish va uzoq muddatli sanoat dasturini qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Togg elektromobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Vazir Mustafo Varank avtotransport vositasining texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, uning kalitini tantanali ravishda topshirdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev minnatdorlik bildirib, Turkiya Prezidenti va xalqini mashinasozlik tarmog‘ida erishilgan ulkan muvaffaqiyat – elektromobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani bilan dildan qutlagan.

Davlat rahbari Turkiyada birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarilgan ushbu elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an Togg elektromobili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made