Turkiya bo‘ylab tintuv: 67 terrorchi qo‘lga olindi
Olam
−
03 Oktabr 2023
4033Turkiya xavfsizlik kuchlari butun respublika bo‘ylab “Qahramonlar” shifrlangan keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasini o‘tkazmoqda. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Turkiya bo‘ylab soat 08:30 holatiga ko‘ra 13 ming 440 nafar xavfsizlik xodimi ishtirok etgan 466 terrorga qarshi operatsiya o‘tkazilib, “Qahramonlar” operatsiyasi doirasida Mersin, Van, Shonliurfa, Mardin va Oydin shaharlarida terror tashkilotining 12 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Diyorbakir, G‘oziantep, Istanbul, Bursa, Batman, Dengizli, Adana, Qaysari, Antaliya, Konya, Isparta va Kojaelida uyushtirilgan amaliyotlarda kamida 55 nafar terrorist qo‘lga olindi”, deb yozdi Turkiya Ichki ishlar vaziri.
Ayni vaqtda, mahalliy OAVning xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida respublikada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga (KIP) aloqadorlikda gumon qilingan 110 dan ortiq gumonlanuvchi allaqachon hibsga olingan.
Operatsiyalar Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan teraktdan so‘ng amalga oshirilmoqda, buning uchun javobgarlikni KIP o‘z zimmasiga oldi. 1 oktyabr kuni ikki terrorchi bino darvozasi oldiga borgan, ulardan biri xavfsizlik punktida portlovchi moddani ishga tushirgan. Otishma yuz bergan, oqibatda ikkinchi terrorchi zararsizlantirilgan. Ikki politsiyachi yengil jarohat olgan. Ichki ishlar vazirligi hujumchilardan birining KIP a’zosi ekanligini aniqladi.
LiveBarchasi