Turkiya Bosfor bo‘g‘ozida kemalar qatnovini to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Turkiya Bosfor bo‘g‘ozidan har ikki yo‘nalishda harakatlanishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga suvdan minaga o‘xshash ob’ekt topilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Turkiya sohil qo‘riqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi avvalroq fuqarolik tijorat kemasi tomonidan minaga o‘xshash ob’ekt topilgani haqida xabar bergan edi.

“26 mart kuni fuqarolik tijorat kemasi tomonidan Bosfor bo‘g‘ozining qirg‘oq zonasida minaga o‘xshash ob’ekt aniqlanganidan so‘ng, zudlik bilan voqea joyiga suv osti mudofaa guruhlari yuborildi. Minaga o‘xshash ob’ekt suv osti mudofaa guruhlari tomonidan nazoratga olindi va uni zararsizlantirish bo‘yicha choralar amalga oshirildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bo‘g‘ozda kemalar qatnovi qachon tiklanishi borasida aniq ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosfor

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing