Turkiya armiyasi Iroq shimolida ikki terroristni zararsizlantirdi

Olam

image

Iroq shimolidagi Penche-Kilit aksilterror amaliyoti zonasida Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP/PKK)ning ikki jangarisi zararsizlantirildi. Bu haqda bugun, 13 may kuni Turkiya Milliy mudofaa vazirligida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, zararsizlantirilgan terrorchilar turk askari Muhammad Kyuchukning o‘ldirilishida aybdor bo‘lgan.

“Biz shahidlarimizning qonini qasossiz qoldirmadik va qoldirmaymiz”, deb yozadi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi.

Mudofaa vazirligi amaliyotlarning ayni qat’iyat bilan davom etishini ta’kidlagan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an PKK jangarilari 1984 yildan 2020 yilning martigacha Turkiya xavfsizlik kuchlarining 7500 nafar xodimi va 6800 nafar tinch aholi vakillarini o‘ldirganini aytgan.

Ma’lumot uchun, AQSH va Yevropa Ittifoqi ham PKK'ni terror tashkiloti ro‘yxatiga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Iroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing