Turkiya AQSHning yangi ma’muriyati bilan ishlashga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Rasmiy Anqara Vashingtonning yangi ma’muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtay mahalliy “7-kanal”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlarda juda qiziqarli saylov jarayoni bo‘lib o‘tdi, ammo Turkiya nuqtai nazaridan hech narsa o‘zgarmadi. Aloqa kanallari xuddi shu tarzda ishlaydi. Albatta, bu o‘tish davri bo‘ladi", deb ta’kidladi u.

Ma’lumot uchun, 3 noyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Jo Bayden g‘alaba qozondi. Jorjia, Shimoliy Karolina va Alyaskada byulletenlarni sanash yakunlanmagan. Ammo Bayden kerakli 270 ta vakillik ovozini yig‘ib bo‘ldi. Trampda esa 214 ta vakillik ovozi bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing