Turkiya AQSHdan ko‘proq gaz sotib olmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Anqara AQSHdan xarid qilinadigan gaz miqdorini oshirmoqchi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi Turkiya-Amerika ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Amerikaning suyultirilgan gazini mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor.

“Kelgusi davrda AQSHdan imtiyozli shartlarda sotib oladigan gaz miqdorini oshirmoqchimiz. Bizda mavjud zamonaviy, rivojlangan infratuzilma tufayli biz ushbu suyultirilgan gazni mintaqa mamlakatlariga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz”, deydi u yig‘ilishdagi chiqishida.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Turkiyaning ikkinchi yirik gaz yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, hozirda Turkiyaga asosiy gaz Rossiya, Ozarbayjon va Erondan yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan gaz narxi haqida gaplashgani va yoqilg‘i sotib olayotganda chegirmaga umid qilayotganini aytgandi. Shuningdek, u Turkiya Rossiya gazini yetkazib berishda muammoga duch kelmayotganini, chunki Anqara Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritmaganini aytgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing