Turkiya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi

Olam

image

Endilikda Turkiya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish yanada kuchaytiriladi. Bu haqda mamlakat Transport vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘liga tayanib, “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir fuqarolik aviatsiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasiga izoh bergan. Unga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar aeroportga kirishda maxsus qurilmalar yordamida tekshiriladi.

Agar qurilmalar yetarli bo‘lmasa, qo‘lda tintuv amalga oshiriladi. Agar yo‘lovchi o‘zi yoki buyumlari tekshirilishidan bosh tortsa, samolyot bortiga kiritilmaydi.

Shuningdek, Transport vaziri Turkiya Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti a’zosi va uning talablarini yaxshi bajaruvchi davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.

“Agar siz samolyotda sayohat qilsangiz, barcha turdagi tekshiruvlarga rozilik berishingiz, kimligingizdan qat’i nazar, umumiy qabul qilingan qoidalarga bo‘ysunishingiz kerak. Agar xavf bo‘lsa, hamma tekshiriladi”, deydi vazir.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning asosiy aeroportlarida ikki tekshiruv punkti mavjud bo‘lib, birinchisi umumiy kirish hududiga kiraverishda, ikkinchisi esa ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi hududda. Har ikkala punkt ham zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, zarurat bo‘lsa, jismoniy tekshiruv ishlari olib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya aeroport Transport vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing