Turkiya aeroportlari oktyabr oyida qariyb 9 million kishiga xizmat ko‘rsatdi
Olam
−
09 noyabr 2020 3344 1 daqiqa
Turkiya aeroportlari oktyabr oyida 8 million 874 609 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ularning 5 million 149 446 nafari ichki qatnovlardan, 3 million 723 645 nafari esa xalqaro yo‘nalishlardan foydalangan. Bu haqda mamlakat transport va infratuzilma vazirligi xabar bermoqda.
O‘tgan oy Turkiya aeroportlari jami 108 119 samolyotni uchirgan va qabul qilib olgan.
Bu vaqt oralig‘ida Turkiyaning havo bandargohlari 61 364 ta ichki va 31 015 ta xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatgan.
Oktyabr oyida aeroportlarda yuk aylanmasi (yuk, pochta va bagaj) 246 871 tonnani tashkil qilgan (ichki reyslarda – 55 752 tonna, xalqaro – 191 119 tonna).
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 mart kuni Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandan keyin Turkiyada kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy qilindi. Biroq mamlakat birinchilardan bo‘lib karantin cheklovlarini yumshatdi va xorijlik sayyohlarni qabul qilishni boshladi. Buning uchun eng avvalo aeroportlardan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi.
Live
Barchasi