Turkiya aeroportida o‘zbekistonliklar 61 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Turkiyada 5 o‘zbekistonlik 61 kg oltin bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari yozmoqda. 

3 ayol va 2 erkakdan iborat guruh O‘zbekistondan avval Turkiyaning Istanbul shahriga, so‘ng tranzit reys bilan Kapadokiya viloyatining Nevshehir aeroportiga uchgan. Ularning buyumlari orasidan go‘sht maydalagichlar va mikser qurilmalari ichiga yashirilgan 61 kilogramm 121 gramm oltin topilgan. Oltin quymalari musodara qilinib, 5 shubhali va ularni kutib olish uchun aeroportga kelgan fuqaro qo‘lga olingan. 

Ma’lum qilinishicha, viloyat politsiya boshqarmasining Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi guruhlari Nevshehir va Gulshehir bosh prokuraturalari rahbarligida shaharga kelishi kerak bo‘lgan besh nafar O‘zbekiston fuqarosi haqida avvaldan ma’lumotga ega bo‘lgan. 

Istanbul orqali Nevshehirga uchib kelgan gumondorlarning yuklari tintuv qilinganda, oltinlar  go‘sht maydalagichlar va mikser qurilmasiga ehtiyot qismlari sifatida eritib joylashtirilgani aniqlangan.  

Politsiya bo‘limida tekshiruvdan so‘ng, gumondorlar sud binosiga jo‘natilgan. 

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, nahot O‘zbekiston bojxonachalari 61 kg oltin olib chiqib ketilsayu buni aniqlay olmasa?!


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Kotrabanda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing