Turkiya 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi

Sport

image

Turkiyaning Istanbul shahri 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qabul qilish uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

2036 yilgi Olimpiada mezbonligiga 10 mamlakat da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlar mavjud. Istanbul bundan avval ham Olimpiada mezbonligi uchun kurashgan. Jumladan, shahar 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun Tokio bilan jiddiy raqobat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 2024 yil Parij (Fransiya), 2028 yil Los-Anjeles (AQSH), 2032 yil esa Brisben (Avstraliya) shaharlarida o‘tkaziladi. Tez orada 2036 yilgi bahslar mezboni ham aniq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing