Turkiya 2028 yilgacha Naxchivonga temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda
Olam
−
28 Sentabr 2023
3462Turkiya Ozarbayjonning Naxchivon shahriga temir yo‘l qurilishi bo‘yicha tender tayyorlashni boshladi va uning qurilishini besh yil ichida yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘liga tayanib, “Yeni Şafak” gazetasi yozmoqda.
“Tenderga texnik tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi. Qars-Naxchivon temir yo‘l yo‘nalishi uzunligi 224 kmni tashkil qiladi”, deydi vazir.
Yo‘lni tashqi sarmoya va kreditlar jalb etish hisobiga qurish rejalashtirilgan. Uralo‘g‘lining aniqlik kiritishicha, loyiha 2023 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga texnik hujjatlarni tayyorlash maqsadida kiritilgan. Shuningdek, u 2024 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturining bandlaridan biri sifatida taklif etiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalish Turkiyaning tashqi savdo va tranzit tashishdagi ustunligi va raqobatbardoshligini oshiradi.
Loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlari 2019 yilda boshlangan. Qarsdan Naxchivon viloyatining Ozarbayjon bilan chegarasigacha bo‘lgan yo‘nalishda beshta stansiya qurilishi kutilmoqda. Poyezdlarning loyihaviy tezligi soatiga 160 kmni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bo‘ylab 10 ta ko‘prik, 18 km suv tarmog‘i, 144 ta yer osti yo‘laklari qurilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi