Turkiya 2024 yil oxirigacha inflyatsiyani ikki barobarga pasaytirmoqchi

Olam

image

Turkiya hukumati 2024 yil oxirigacha inflyatsiyani 34 foizga tushirish niyatida, bu joriy yil uchun kutilgan ko‘rsatkichlarning deyarli yarmini tashkil etadi. Bu haqda Turkiya Moliya vazirligi rahbari Mehmet Shimshek “TRT Haber” telekanalida ma’lum qildi. 

Turkiya Markaziy banki avvalroq inflyatsiyani 2023 yil oxirigacha 65 foiz darajasida rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, regulyator tomonidan noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilari yil oxiriga qadar Turkiyada inflyatsiya darajasi 67,23 foizga yetishi kutilayotganini bildirgan. 

“O‘rta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asosiy maqsadlarimizdan biridir. Maqsadimiz joriy yil oxirida inflyatsiyani nazorat ostiga olish, keyingi yil oxirigacha uni 34 foizga tushirish va keyingi yillarda bir xonali ko‘rsatkichga tushirishdir”, deydi vazir. 

Bugun, 30 noyabr kuni Milliy Statistika Instituti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning ushbu davrdagi iqtisodiy o‘sishi 5,9 foizni tashkil etgan. Mutaxassislar Turkiya iqtisodiyotining o‘tgan chorakda 5,6 foiz o‘sishini kutgan edi. 

Rasmiylar Turkiyada yil oxirigacha iqtisodiy o‘sishni 4,5% ni prognoz qilmoqda. Mustaqil ekspertlarning fikricha, o‘sish 4,1% bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya inflyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing