Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlari favqulodda sammit o‘tkazdilar
Jamiyat
−
10 aprel 2020
7328Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus taraqalishiga qarshi kurashishda umumiy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga bag‘ishlab videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ishtirok etdi.
Tadbir kun tartibiga savdo va tranzit-transport aloqalarini ta’minlash, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik va Turkiy Kengashga a’zo mamlakatlar fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish masalalari kiritilgan. Ishtirokchilar koronavirus infeksiyasiga qarshi milliy miqyosda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot almashdilar.
Yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi Turkiy Kengashga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, uning oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shma "Harakat rejasini" ishlab chiqishni taklif qilingan.
Favqulodda yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.
LiveBarchasi