Turkiy kengash jahonda tan olingan muhim integratsiya maydoniga aylandi – Japarov

Olam

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berilganidek, onlayn shaklda Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi. Unda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham nutq so‘zladi.

“Hozirda Turkiy Kengash dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan turkiy integratsiya uchun eng muhim va obro‘li platformaga aylandi”, deydi Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda barcha mamlakatlar koronavirus pandemiyasi oqibatlarini boshdan kechirmoqda, shu munosabat bilan u Turkiy Kengashga a’zo davlatlarning rahbarlarini birlashishga chaqirdi.

Davlat rahbari Turkiy kengashning tashkilot platformasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishtirokchi mamlakatlarning ko‘p tomonlama munosabatlarni yaqinlashtirish va yaxshilash jarayonida muhim rolga egaligini ta’kidladi.

Shuningdek, u hozirgi iqtisodiy inqiroz sharoitida Turkiy kengash a’zolari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirib, mavjud qiyinchiliklarni engib chiqishiga umid bildirdi.

Sadir Japarov turkiy dunyoning investitsiya jamg‘armasini yaratishni ana shunday muhim loyihalardan biri deb atadi va ushbu moliya institutining bosh ofisi uchun Bishkekdan joy ajratishga tayyorligini bildirdi.

“Jamg‘arma Turkiy kengash mamlakatlaridagi biznes loyihalarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbai bo‘lib xizmat qiladi, tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi va kichik va o‘rta-biznesni moliyaviy manbalar bilan ta’minlaydi. Jamg‘arma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali biz turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda yangi sahifani ochamiz”, deydi Japarov.

Sadir Japarov fondning tashkil etilishi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi investitsiya muhiti yaxshilanishiga va shu bilan birga munosabatlarni mustahkamlash uchun iqtisodiy rag‘bat yaratilishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq sammitda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zlab, muqaddas Ramazon oyidan keyin (may oyida) Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahriga tashrif buyurish niyati borligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing