Turkiy kengash Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi. Norboyeva u bilan nimani muhokama qildi?

Jamiyat

image

2019 yil Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga (Turkiy kengash) qo‘shilishga qaror qilganini aytgan edi. O‘sha yilning 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida aynan shu masala ko‘rib chiqilgandi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

Bugun, 8 fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining ishtirokchi mamlakatlari o‘rtasida turli sohalardagi amaliy hamkorlikni, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar PA doirasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashilgan. O‘zbekistonning Turkiy Kengash mamlakatlari bilan munosabatlari izchil rivojlanib borayotganligi ta’kidlangan.

Bog‘dod Amreyev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy muhitni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan, shuningdek Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi makonida do‘stlik va yaqin qo‘shnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan.

Shu nuqtai nazardan, uchrashuv ishtirokchilari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi vazifalarini amalga oshirishda ayollar va yoshlarning rolini kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing