Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatishga urinish bo‘ldi 

Olam

image

Qozog‘iston janubidagi Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatishga urinish mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yig‘ilishida qo‘mita raisi o‘rinbosari Ruslan Seysembayev ma’lum qildi.

“Bu davrda Qozog‘istonning o‘zida ham terrorchilik xavfi kuchaymoqda. Har yili kamida ikkita teraktning oldi olinyapti. Faqat shu yilning o‘zida Turkistonda Xo‘ja Ahmad Yasaviy maqbarasida qo‘lbola portlovchi qurilmani ishga tushirishga urinishlar tayyorgarlikning dastlabki bosqichida to‘xtatildi, shuningdek, Ostonadagi odamlar gavjum joylarda qurolli hujum uyushtirilishining oldi olindi”, deydi Seysembayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar uchun terrorchilik tahdidlarining shakllanishi bir necha dominant omillar ta’sirida sodir bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 sentyabr kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiston Yassaviy maqbarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made