Turkistonda 4 mashina YTHga uchradi. Ulardan biri yonib ketdi (video)

Olam

Joriy yilning 24 noyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida bir qancha avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada 15 kishi jabrlandi.

YTH Sariog‘och-Chimkent yo‘lida 24 noyabr kuni soat 11:00 atrofida yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hyundai Accent avtomobilining haydovchisi tormoz ishlamay qolgani uchun shu yo‘nalishda harakatlanayotgan ikkina Daewoo Nexia avtomobillari bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida Hyundai Accent yona boshlagan. Shu yo‘nalishda ketayotgan to‘rtinchi mashina YTH ishtirokchilari bilan to‘qnashib ketishdan qochib, beton to‘siqqa chiqib ketgan.

QALAMPIR.UZ`dagi YTH yuz bergan joydan olingan videoda yo‘l chetida odamlar yotqizib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Jabrlanganlarning 14 nafari shifoxonaga olib borilgan. Ularning yetti nafari reanimatsiyada, ikki nafari operatsiya qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mazkur YTH jabrlanuvchilari orasida o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligini bilish uchun bog‘langanimizda, vazirlik Matbuot xizmati xodimi bu haqda biror ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing