“Turkistonbank” bankrot deb e’lon qilindi
Jamiyat
−
01 mart 2023
9993Markaziy bank “Turkistonbank”ni bankrot deb topilganini ma’lum qildi. Bu haqda bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Shuningdek, Markaziy bankning tegishli qaroriga asosan “Turkiston” tijorat bankining tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan hamda sud tomonidan A.K. tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida Markaziy bank “Turkistonbank”dan litsenziyasini chaqirib olgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi