Turk tarixida ilk bor 3800 yillik olti burchakli qo‘rg‘on topildi
Bu qiziq
−
07 dekabr 2023 15198 1 daqiqa
Qozog‘iston arxeologlari Sharqiy Qozog‘istonda 3800 yil avval qurilgan olti burchakli qo‘rg‘onni topdi. Qo‘rg‘onning kirish ustunlarida tuya va otlar tasvirlangan 20 ta qoyatosh rasmlari aniqlangan. Bu haqda TRT Haber ma’lumot berdi.

L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti Arxeologiya bo‘limi 2020-2023 yillarda Sharqiy Qozog‘istonning Abay tumanidagi To‘ktamish botir qishlog‘i yaqinidagi Qirqo‘ng‘ir yodgorligida qazish ishlari olib borgan. Qirqo‘ng‘ir hududida ilk bronza davridan Go‘kturk davriga oid 100 dan ortiq yodgorlik tekshirilgan.
Universitetning Arxeologiya va etnologiya kafedrasi mudiri Ulan Umitkaliyevning aytishicha, "Qirqo‘ng‘ir yodgorligi turk madaniyatiga tegishli".
“Olti burchak uslubida qurilgan Qirqo‘ng‘ir qo‘rg‘oni bronza davridagi Andronovo jamoalarining yodgorlik toshlarini qayta ishlashga ixtisoslashgani va me’morchilik texnikasi bo‘yicha erishgan yuksak taraqqiyotini ko‘rsatadi”, deydi Ulan Umitkaliyev
Ma’lumot uchun, Ilk bronza davriga oid Qirqo‘ng‘ir dafn inshootlari keng tadqiq qilingan. Elita qabrning diametri 43 metr, balandligi esa 2,3 metr. Struktura ostida uchta qo‘shimcha qism mavjud. Binoning tashqi devorlari katta megalitik toshlardan yasalgan bo‘lib, olti burchakli shaklda barpo etilgan. Dafn xonasining ichki qismlari oval shaklda qurilgan.
Sadoqat Hamrayeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr