Lazzatning yangi nomini “Resto”da kashf qil

Biznes

Toshkent markazida hashamatli “Resto” restorani o‘z faoliyatini boshladi. U mijozlarga bir emas, uchta milliy oshxona taomlarini taklif etadi. Turk, Pan-Osiyo va fyujn taomlari menyudan o‘rin olgan.

Iskandar kabobdan tortib, italyan pastasigacha. Klassik Xitoy guruchidan qisqichbaqali taomgacha, barchasini bir yerdan topish mumkin.  

“Resto” bir vaqtning o‘zida ham hashamat, ham qulaylik, ham oilaning barcha vakili uchun mos keladigan mazali taom taqdim etishi bilan ham boshqa restoranlardan ajralib turadi.

Ayniqsa, dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar alohida e’tiborga molik. Qayd etish joizki, O‘zbekistonda bunday taomlarni taqdim etuvchi restoranlar barmoq bilan sanarli. 

Restoranning dizayni ham noodatiy. Bir vaqtning o‘zida ham Yevropa jihozlarini, ham Osiyo intererini ko‘rishingiz mumkin. Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatda bolalar uchun maydoncha mavjud.

Shuningdek, yoz mavsumi uchun ochiq ayvonni ham uchratishimiz mumkin. Umumiy hisobda, restoran o‘z bag‘riga 300 ta mehmonni sig‘dira oladi. 

“Shaxsiy tajribamdan aytishim mumkinki, oilaviy ovqatlanishga chiqqanda hammaning xohishi farqlanadi. Kimningdir shashlik, kimningdir pitssa yegisi keladi, yana kimningdir Pan-Osiyo taomini yegisi keladi. Shunda, ko‘proq bolalar va boshqa oila a’zongiz istagan joyga borishingizga to‘g‘ri keladi. Biz shuni ham inobatga olib, barchasini bir joyda jamlaganmiz. Shuningdek, bolalar maydonchasi ham bor”, deydi restoran asoschisi Maqsad Mansurov. 

Oshpazlarning mahorati esa tahsinga sazovor. Restoran asoschisi mazali taomlarning siri nimada ekanligini ochiqladi: 

“Oshpazlarning eng zo‘rini yiqqanmiz. Menyudagi har bir taomni o‘zim degustatsiya qilganman”, deydi u. 

Kecha davomida mehmonlar o‘rtasida yutuqli o‘yin o‘ynaldi. G‘oliblar lototron yordamida aniqlandi. Omadli ishtirokchilarga sovg‘a sifatida Black Star CarWash’dan 5 ta oltin karta hamda Centris Fit’dan 3 oylik obuna kartochkasi taqdim etildi. 

Hozir restoranda yana bir katta aksiya ketmoqda. Unga ko‘ra, tashrif buyurgan mehmonlar yutuqli o‘yinda ishtirok etishi va qimmatbaho mashinani qo‘lga kiritishi mumkin.

Har bir oila a’zosining didiga mos taom taqdim eta oladigan oliy darajadagi restoran yaqinlaringiz bilan yaxshi kunlaringizni nishonlash uchun eng yaxshi tanlov bo‘la oladi. Restoran “Resto” sizni kutadi!

Batafsil malumot uchun: 📞 55 514-11-11 | Instagram

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent restoran Resto Turk taomlari f'yujn Pan-Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing