Turk lirasi dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlandi

Olam

image

Turkiya milliy valyutasi lira AQSH dollariga nisbatan rekord darajada qadrsizlandi. Bugun, 26 oktyabr ma’lumotiga ko‘ra, 1 dollar 8 liraga baholangan.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada Turkiya Markaziy banki foiz stavkalarini ko‘tarmagan, ammo bu kutilgan natijani bermagan, dollar kursi o‘sishda davom etgan.

MB qaroridan oldin 7,80 lira bo‘lib turgan kurs yangi haftani 1 dollar 7,98 lira bilan boshlagan. Biroz o‘tib 8 liralik ko‘rsatkichdan oshgan. 1 yevro esa 9,46 liraga yetgan.

Valyuta qadrsizlanishida Turkiya uchun tashqi tas’ir salbiy bo‘lib qolayogani taxmin qilinyapti. Bunda rasmiy Anqara Rossiyadan S-400 Zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun AQSH unga qarshi sanksiya joriy qilishi mumkinligi, Gretsiya bilan O‘rta yer dengizidagi mojaro hamda Turkiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlayotgani asosiy sabab sifatida ko‘rilyapti.

Qayd etilishicha, yil boshidan beri xorijliklar 13,3 mlrd dollarga teng turk aksiya va obligatsiyalarini sotib yuborgan. Bu 2005 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Joriy yilda lira dollarga nisbatan 25 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar turk lirasi

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing