Turk harbiylari Idlibda hujumga uchradi. Bu Rossiya bilan sulh fonida ro‘y berdi

Olam

image

Suriyaning Idlib provinsiyasidagi M-4 trassasida muhandislik tekshiruvi o‘tkazayotgan ikki nafar turk askari jangarilar hujumiga uchradi. Bu haqda Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish markazi rahbari Oleg Juravlev ma’lum qilmoqda.

“19 mart kuni Mxanbel aholi punktida M-4 trassasida muhandislik tekshiruvi o‘tkazayotgan turkiyalik harbiylar jangarilarning hujumiga uchradi. Oqibatda ularning har ikkisi ham halok bo‘ldi”, dedi Juravlev.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi ham ushbu voqeani tasdiqladi.

“Ikki harbiy xizmatchimiz 2020 yilning 19 martda Idlibdagi deeskalatsiya zonasida radikal guruhlar hujumi oqibatida vafot etdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turk harbiylari muhandislik tekshiruvi o‘tkazayotgan qishloq Turkiya qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinmaydigan hudud hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Moskvada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 6 soatga yaqin davom etgan uchrashuvda Putin Suriya tomonidan berilgan havo zarbasi yanglish bo‘lgani, Hukumat harbiylari hududda turk askarlari bo‘lganini bilmaganini aytdi. Shu kuni Anqara va Moskva Suriyada o‘t ochishni 6 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatishga kelishib oldi. Hozircha ushbu kelishuvga to‘la amal qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Idlib

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing