Turizm yo‘nalishidagi tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab zarar ko‘rgan turzim yo‘nalishidagi tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishayotganda aytib o‘tdi.

Mas’ullar bilan uchrashuvda turizm yo‘nalishida tadbirkorlar ko‘rgan zararni yaqin 1-2 yil ichida to‘liq qoplash qiyin ekani aytildi. Shu bois Prezident bu sohaga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish lozimligini ta’kidladi.

Xususan, turistik yig‘imlardan ozod qilish bo‘yicha avval berilgan imtiyoz yil yakuniga qadar uzaytiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, soha korxonalari foyda solig‘ini hisoblashda 2020-2021 yildagi ko‘rgan zararlarini keyingi yillar foydasidan chegirib tashlashga ruxsat beriladi.

Mehmonxonalarga ko‘rsatgan xizmatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bundan tashqari, ularga aylanma mablag‘ uchun kredit foiz to‘lovlarining 10 foizigacha bo‘lgan qismiga subsidiya beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing