Turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘tkir Saidov Turizm va sport vazirining ziyorat turizmi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu ma’lumotni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, O‘tkir Saidov tayinlovga qadar sobiq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi lavozimida ishlagan.

O‘tkir Saidov 1988 yilning 11 avgustida Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Samarqand davlat chet tillar institutining filologiya fakultetini, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini  tamomlagan.

2017 yildan buyon Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019-2020 yillar davomida Qo‘mitaning Jamoat tashkilotlari va chet eldagi diasporalar ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilingan edi.

Joriy yilning 9 aprel kuni Prezident Aziz Abduhakimovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing