Turizm va sport vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha, 2 fevral kuni qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Shaxrillo Sharipovich Mahmudov va Abdullo Ubaydulloyevich Aslonov O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Abdullo Ubaydulloyevich Aslonov 1984 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan.

Shuningdek, u Regent London (Angliya), Kings Institute (Angliya), Marlborough College of Businnes and Technology (Angliya) talabasi bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida Abdullo Aslonov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi.

Shaxrillo Sharipovich Mahmudov 1970 yil 13 sentyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini “jismoniy tarbiya o‘qituvchisi” yo‘nalishini tamomlagan. 2013 yildan buyon O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shaxrillo Mahmudov 2002 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, 2016 yilda “Mexnat shuhrati” ordeni hamda 2021 yilda “I darajali Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Shu o‘rinda O‘tkir Saidov va Avazjon Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing