To‘raqo‘rg‘on hokimi ham yangilandi
Olam
−
27 avgust
5034Sherali Abduqahhorovich Qosimov Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 avgust kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rilgan. Joriy yilning 7 avgust kuni lavozimidan ozod qilingan sobiq tuman hokimi Ahror Ahmadaliyevich Mansurov o‘rniga Sherali Qosimov tumanga yangi rahbarlikka tayinlangan. Ahror Mansurov esa Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Uchquduq tumaniga hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga yangi hokimlar tayinlangandi.