“To‘ntarishni to‘xtatamiz”: Buyuk Britaniyada namoyishlar avj oldi
Olam
−
29 avgust 2019
5295Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mamlakat Bosh vaziri Boris Jonsonning parlament ishini to‘xtatshi to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagach, Londonda ommaviy norozilik boshlandi. Norozilik aksiyalari Manchester va Edinburgda ham o‘tkaziyalpti.
Londonda namoyishchilar Bosh vazir qarorgohiga yaqin joyda to‘plandi. Ular “Demokratiyaini himoya qilamiz, Borisni to‘xtatamiz”, “To‘ntarishni to‘xtatamiz” deb harakatlanyapti.
Namoshyishchilar parlament oldidagi asosiy ko‘chani to‘sib qo‘ygan. Ular “To‘ntarishni to‘xtatamiz” yozuvli plakatlar ko‘tarib olgan. Bu norozilik namoyishining asosiy shioriga aylandi.
Kecha, 28 avgust kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mamlakat Bosh vaziri Boris Jonsonning 9 sentyabrdan 14 oktyabrgacha parlament ishini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.
Parlamentning to‘xtatilishi Jonsonning Buyuk Britaniyani 31 oktyabrda Yevropa Ittifoqidan chiqarish bo‘yicha rejalari bilan bog‘liq. Parlament ishining kech boshlanishi deputatlarda Brexit shartlariga o‘z hissalarini qo‘shishga vaqt qoldirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Londonning sobiq meri, Buyuk Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson joriy yilning 23 iyulida Konservatorlar partiyasining yangi raisi etib saylandi va ertasi kuni mamlakat Bosh vaziri bo‘ldi. Udan avvalgi Bosh vazir Tereza Mey Brexit atrofidagi mojarolar sabab lavozimdan iste’fo bergandi.
LiveBarchasi