Tunisda namoyishlar: Prezident Bosh vazirni iste’foga chiqarib, parlamentni “muzlatib” qo‘ydi (foto)

Olam

image

Tunis Prezidenti Qais Said mamlakat Bosh vaziri Xisham Mashishi iste’foga chiqishini e’lon qildi. Mamlakatda Xalq vakillari assambleyasi — bir palatali parlament ishi ham noroziliklar fonida to‘xtatilgan. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, mamlakatni qamrab olgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgan deputatlar ham daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan. 

Davlat rahbari endi o‘zi Tunis hukumatiga rahbarlik qilishini ma’lum qilgan. Tunis parlamenti spikeri, “An-Nahda” partiyasi rahbari Rashid Gannushiyning aytishicha, Said davlatni to‘ntarishga urinishda ishtirok etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 25 iyul kuni Tunisda odamlar parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish talablari bilan poytaxt va boshqa yirik shaharlarning ko‘chalariga chiqqan. 

Namoyishchilar ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni talab qilgan. Ular 2011 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lgan hukmron “An-Nahda” partiyasining siyosatiga qarshi chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Tunis namoyishlar

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing