Tunis qirg‘oqlarida muhojirlarning 4 ta qayig‘i halokatga uchradi

Olam

image

Tunis qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan to‘rtta qayiqning halokatga uchrashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot idoralari xabar bergan. 

Tunis qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimining ma’lum qilishicha, qayiqlarda 120 kishi bo‘lgan, ulardan 98 nafari qutqarib olingan. Uning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruv operatsiyasi Sfaks provinsiyasi qirg‘oqlarida olib borilgan.

Avvalroq, Yaponiya shimolida KAZU 1 kruiz kemasi halokatga uchragandi. Uning bortida 26 kishi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing