Tunis qirg‘og‘ida dahshatli to‘qnashuvda 60 muhojir halok bo‘ldi
Olam
−
12 may 2019
6328Tunisning janubiy-sharqidagi Sfaks shahri portidan 74 kilometr uzoqlikda katta qayiq halokatga uchragan. Oltmishga yaqin kishi, jumladan aksariyati Bangladeshda tug‘ilgan noqonuniy muhojirlar to‘qnashuv oqibatida dengizga cho‘kib halok bo‘lgan.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) Qizil yarim oy jamiyati Tunis bo‘limi rahbari Mandi Slimga asoslanib xabar bermoqda.
Avvalroq Tunis Afrique Presse axborot agentligi qayiqda bo‘lganlarning 70 nafari halok bo‘lgani, 16 kishi esa qutqarilgani haqida xabar bergan edi.
Qutqarilgan migrantlarning aytishicha, ular payshanba kuni Liviyaning Zuvara shahri portidan bortida 75 kishi bo‘lgan katta qayiqda jo‘nagan. Halokatdan so‘ng, yarim tunda ular uncha katta bo‘lmagan rezina qayiqqa o‘tkazilgan.
“Qutqarilganlarning fikricha, ular sovuq suvda sakkiz soat davomida qolib ketgan va Tunis baliqchilari ularning hayotini asrab qolgan”, deyiladi Tunis harbiy dengiz kuchlari xabarida.
Tirik qolgan 14 nafar kishi Bangladesh, Marokash va Misr fuqarolaridir. Ma’lum bo‘lishicha, noqonuniy migrantlar Italiyaga qarab yo‘l olgan edi. Halokatga uchragan qayiq bortida 51 nafar bangladeshlik, 3 nafar misrlik ayol, bir nechta marokashlik qochqinlar bo‘lishgan.
“Agar baliqchilar bo‘lmaganida qayiq halokatidan so‘ng hech kim omon qolmasdi”, ta’kidlagan Mandi Slim.
Tunis Respublikasi milliy Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, harbiylar halokat sodir bo‘lgan joydan 3 kishining jasadini topishgan.
Shanba kuni Tunis harbiy dengiz kuchlariga tegishli uchta kema qidiruv operatsiyasini davom ettirgan.
LiveBarchasi