Tunda Moskvaga ommaviy dron hujumi uyushtirildi

Olam

image

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva shahri tomon uchurilgan Ukraina Qurolli Kuchlariga qarashli uchuvchisiz samolyotni urib tushirdi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 26 noyabrga o‘tar kechasi poytaxt tomon ommaviy dron hujumi uyushtirilgan. Hujum paytida hech qanday vayronalar va qurbonlar bo‘lmagan.

“Bugun tunda ommaviy dron hujumiga urinish bo‘ldi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Naro-Fominsk hududida va Odinsovo shahar okrugida Moskva tomon uchayotgan dronlarni urib tushirdi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari ham Bryansk, Tula va Kaluga viloyatlarida bir nechta uchuvchisiz uchoqlarni tutib, yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi”, deb yozgan Sobyanin.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva, Tula, Kaluga va Bryansk viloyatlari hududida to‘qqizta Ukraina Qurolli Kuchlariga qarashli uchuvchisiz samolyoti yo‘q qilingani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab rekord darajadagi uchuvchisiz samolyotlarni uchirgandi. Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk ma’lum qilishicha, uchurilgan 75 ta drondan 71 tasi urib tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Ukraina dron Sergey Sobyanin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing